O‘zbekiston | 15:59 / 25.03.2023
8181
1 daqiqa o‘qiladi

S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklamoqda

Foto: AP

2023 yil 5 maydan boshlab Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi, uzoq tanaffusdan so‘ng, Irkutsk — Farg‘ona — Irkutsk yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi.

Reyslar Boeing 737-800 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda S7 Airlines aviakompaniyasi Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch va Namangan xalqaro aeroportlariga parvozlarni amalga oshirmoqda.

S7 Airlines — shtab-kvartirasi Novosibirskda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi. U Rossiyadagi eng yirik xususiy aviatashuvchi bo‘lib, 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlariga yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshiradi.

Mavzuga oid