Parrandachilik fabrikasidagi portlash sababi nima?
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi parrandachilik fabrikasida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhada bino butunlay vayron bo‘lgani aks etgan.
Voqea haqida dastlabki ma’lumotlar berildi. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ko‘ra, holat 30 mart kuni 10:40 larda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tovuq fabrikasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida sodir bo‘lgan. Boshqarmaga vafot etgan yoki jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan. Chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Kun.uz muxbiri Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, voqea tafsilotlarini o‘rgandi.
«Kattaqo‘rg‘on parranda» MChJ bosh muhandisi Ne’matillo Hayitovning aytishicha, gaz chaqnashi sodir bo‘lgan binoda parranda saqlanmagan. Ishchilar xona haroratini ko‘tarib, dizenfiksiya qilmoqchi bo‘lishgan. Biroq maxsus qurilmada gaz qamalib qolishi natijasida kuchli chaqnash yuzaga kelgan. Ikki nafar ishchi – chilangan va muhandis yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Bosh muhandisning qo‘shimcha qilishicha, jami 200 kvadrat metr joy vayron bo‘lgan va ko‘rilgan moddiy zarar taxminan 18 mln so‘mni tashkil qiladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, ushbu fabrikada 370 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qiladi. Xona turli zararkunandalardan zararsizlantirilayotgan vaqtda u yerga yaqin joyda ishchilar bo‘lmagani aytildi.
«Kattaqo‘rg‘on parranda» mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ullari zararlangan bino va uning tasvirlarini olishga rozilik bermadi. Hudud karantin holatida ekanligi aytildi.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minot» mas’ul hodimlari chiqib o‘rganish olib borgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
19:58 / 19.12.2024
“Bu shahar ichidagi, hamma qarshi bo‘lgan bomba edi” - Farg‘onadagi portlash haqida guvohlar nima deydi?
10:59 / 18.12.2024
Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni oshdi
22:06 / 17.12.2024