Jahon | 12:56 / 11.04.2023
11286
2 daqiqa o‘qiladi

ISW: Kreml Yevgeniy Prigojinni obro‘sizlantirishga harakat qilmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin o‘rtasidagi ommaviy bahs-munozara Kremlning tadbirkorni obro‘sizlantirish harakatlarining davomidir. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (Institute for the study of war, ISW) yangi sharhida aytiladi. 

Foto: focus.ua

Tahlilchilarga ko‘ra, Rossiya hukumat idoralari Prigojinning jamoatchilik yoki siyosiy qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lish borasidagi har qanday urinishining oldini olishga harakat qilmoqda. 

Tadbirkorning o‘zi «o‘zini tashqi siyosatga ta’sir o‘tkaza oladigan davlat arbobi sifatida ko‘rsatishga» urinmoqda, shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarida «Vagner guruhi» kuchlarining rolini bo‘rttirib ko‘rsatmoqda, deydi ISW ekspertlari. 

Prigojin 7 aprel kuni TIVning Afrikadagi faoliyatini tanqid qilib, XHK Tashqi ishlar vazirligi va mintaqadagi boshqa davlat idoralari bilan hamkorlik qilishda «katta qiyinchiliklarga» duch kelayotganini aytdi. 

Bunga javoban TIV BMT Xavfsizlik kengashidagi bir qator tadbirlar Afrika kun tartibiga bag‘ishlanganligini ta’kidladi. 

Biroq tadbirkorning aytishicha, TIV tomonidan muhokamaga taklif qilingan mavzular «eng o‘tkir va muhim muammolarni hal etmaydi». 

Mavzuga oid