O‘zbekiston | 16:55 / 12.04.2023
15864
1 daqiqa o‘qiladi

280 tonnali qimirlovchi toshi bilan mashhur qishloq - Sangijumon

“Manzil” Navoiydagi ikkinchi maskan – Xatirchi tumanining Sangijumon qishlog‘iga sayohat qildi. Sangijumon qishlog‘i o‘zining qimirlovchi toshi, mayiz yetishtiradigan dehqonlari va yog‘li patirlari bilan dong taratgan.

280 tonna og‘irlikdagi toshni yosh bolakaylar ham qimirlata oladi, deb aytishganda ishonmagan edik.

Tabiatdagi uzoq yillik o‘zgarishlar qishloqdagi toshlar o‘ziga xos va ajoyib shaklga kelishiga sabab bo‘lgan. Qimirlovchi tosh ham shu o‘zgarishlar natijasidir.

Shu va boshqa qiziqarli holatlarni batafsil yangi ko‘rsatuvimizda tomosha qiling.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Mavzuga oid