O‘zbekiston | 12:57 / 17.04.2023
10628
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yuk mashinasiga borib urilgan Cobalt haydovchisi vafot etdi

Toshkentning Sergeli tumani Qumariq ko‘chasida Cobalt avtomobili MAN yuk mashinasiga to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Foto: IIBB YHXB

14 aprel kuni soat 22:20 lar atrofida 1996 yilda tug‘ilgan S.D. Cobalt avtomashinasini boshqarib kelayotib, 1989 yilda tug‘ilgan S.P. boshqaruvidagi harakatsiz to‘xtab turgan MAN yuk mashinasining tirkamasiga borib urilgan. Oqibatda Cobalt haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid