Jahon | 10:15 / 22.04.2023
7778
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusda Protasevichga 10 yillik qamoq jazosi so‘raldi

Belarusda prokuror Protasevichga hukm chiqarayotganda uning aybiga iqror bo‘lganini va tergov bilan kelishuv shartlarini bajarganini hisobga olishni so‘radi.

Foto: AFP/Getty Images

Belarus prokuraturasi Nexta Telegram-kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevichga 10 yil qamoq jazosi so‘radi. Bu haqda 21 aprel, juma kuni Rossiyaning “Sputnik Belarus” agentligi xabar berdi.

Davlat ayblovi suddan Protasevich sudgacha bo‘lgan kelishuv shartlarini bajarganligini hisobga olishni so‘radi va shuning uchun bir qator moddalar uchun jazo sifatida u eng yuqori muddatning yarmidan ko‘piga, boshqa qator moddalar bo‘yicha esa - uchdan ikki qismidan ko‘p bo‘lmagan muddatga hukm qilinishi mumkin emas. Ish bo‘yicha yana ikki ayblanuvchi – Nexta asoschisi Stepan Putilo va Telegram-kanal sobiq muharriri Yan Rudik xorijda va ular sirtdan sud qilinmoqda. Davlat ayblovi ularga mos ravishda 20 va 19 yil so‘radi.

Nexta bo‘yicha sud jarayoni 2023 yil fevral oyida boshlangan. "Belta" davlat agentligining xabar berishicha, sudlanuvchilar 1500 dan ortiq jinoyatlarni sodir etganlikda, jumladan ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish, Belarusga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirish, ekstremistik tuzilmani yaratish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, hokimiyatni egallashga uringanlikda ayblanmoqda. Putiloga 13 ta, Rudikka 12 ta, Protasevichga esa 11 ta jinoiy modda bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Protasevich 2021 yil 23 may kuni Minskda qo‘lga olingan, o‘shanda belaruslik dispetcherlar u Afinadan Vilnyusga uchgan Ryanair samolyotini “mina” xabari tufayli aeroportga favqulodda qo‘nishga majbur qilgan. Keyinroq Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan olib borilgan tergov natijalariga ko‘ra, bomba haqidagi xabar yolg‘on ekani va u Belarus hukumatining yuqori martabali amaldorlari ko‘rsatmasi bilan ekipajga yetkazilgani aniqlangan.

Mavzuga oid