O‘zbekiston | 10:07 / 25.04.2023
18297
2 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Baxtiyor Saidov

Bundan ilgariroq Baxtiyor Saidovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Baxtiyor Saidov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavriat va magistratura), shuningdek, Jahon savdo tashkiloti instituti (Shveytsariya) bitiruvchisi.

U 2009-2013 yillarda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

B.Saidov 2017-2021 yillarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi, bir vaqtning o‘zida o‘rindoshlik asosida Mo‘g‘uliston va Filippindagi elchisi sifatida ishlagan. 

O‘zbekistonda turli rahbarlik lavozimlarida, jumladan, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, shuningdek, «O‘zbekengilsanoat»da mehnat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

Baxtiyor Saidov O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2022 yil 30 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid