Shavkat Mirziyoyev Italiya mudofaa vazirini qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni mamlakatda tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozettoni qabul qildi.
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv avvalida mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Italiya prezidenti Serjo Mattarella va vazirlar kengashi raisi Jorji Melonining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ikki tomonlama hamkorlikning bugungi yuksak darajasi qayd etildi. Konstruktiv siyosiy muloqot rivojlanib bormoqda. Keyingi bir necha yilda o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi ikki barobarga oshdi. Mamlakatimizda Italiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari – Turin politexnika va Piza universitetlarining filiallari faoliyat yuritmoqda. Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga birgalikda tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Suhbatda energetika, shu jumladan qayta tiklanuvchi energetika, logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda amaliy hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbari O‘zbekiston va Italiya mudofaa idoralari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.
Mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
13:51 / 24.12.2024
Italiyaning eng yirik banki RFdan yevroda to‘lovlar qabul qilishni to‘xtatadi
15:01 / 23.12.2024
Meloni: RF migratsiyadan YeIga putur yetkazish uchun foydalanishi mumkin
13:48 / 19.12.2024
«Gazprom» Italiyaga birinchi marta STG yetkazib berdi
13:14 / 05.12.2024