O‘zbekiston | 21:17 / 01.05.2023
7246
1 daqiqa o‘qiladi

Maktabda ta’lim berayotgan erkak pedagoglar soni oshdi 

O‘zbekiston maktablaridagi erkak pedagoglar ulushi 30 foizga yetdi. 

Maktabda ta’lim berayotgan erkak pedagoglar soni so‘nggi 5 yilda qariyb 28 ming nafarga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. 

2022/2023 o‘quv yilida respublika bo‘yicha umumta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan pedagoglar soni (o‘rindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan. 

Shundan 159,9 ming nafari yoki 30,7 foizini erkak pedagoglar tashkil etgan.   

2022/2023 o‘quv yilida 2018/2019 o‘quv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21 foizga ko‘paygan. 

Mavzuga oid