O‘zbekiston | 20:23 / 01.05.2023
36804
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya kuchga kirdi
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendum yakunlari to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qarorga asosan, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan deb tan olindi.
Qonun mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kun – 1 maydan e’tiboran kuchga kirgan deb hisoblanadi.
MSK qarori bilan, referendum natijalari quyidagicha bo‘lgani tasdiqlandi:
- referendumda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy soni – 19 722 809 nafar;
- ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolarning soni – 16 667 097 nafar;
- ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning soni – 16 667 097 nafar yoki ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy sonidan 84,51 foiz;
- referendumga qo‘yilgan masala bo‘yicha yoqlab “Ha” deb berilgan ovozlar soni – 15 034 608 yoki ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi;
- referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi “Yo‘q” deb berilgan ovozlar soni – 1 558 817 yoki ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 9,35 foizi;
- haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlarining soni – 73 672 ta.
Komissiya o‘z qarorini ijroga qaratish uchun Oliy Majlis palatalari va prezidentga yuboradi.
Mavzuga oid
18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024
Moldova KS YeIga integratsiya bo‘yicha referendum natijalarini ma’qulladi
21:07 / 21.10.2024