O‘zbekiston | 10:19 / 02.05.2023
9262
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namanganda sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 2 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:46 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 41,72 gradus shimoliy kenglik; 71,6 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 205 km shimoli-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball, 51 km;
  • Kosonsoy tumanida 2 ball, 60 km.

Mavzuga oid