Rossiya targ‘iboti rossiyaliklarni Ukraina qarshi hujumiga tayyorlamoqda
Kreml murakkab vaziyatdan chiqib ketish uchun ehtimoliy mag‘lubiyatni xuddi g‘alabadek, ehtimoliy g‘alabani esa bo‘rttirib ko‘rsatmoqchi.
Meduza nashri rossiyalik targ‘ibotchilar uchun Vladimir Putin ma’muriyati tomonidan tayyorlangan yangi qo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Unda davlat va hukumatparast ommaviy axborot vositalariga Ukrainaning yaqinlashib kelayotgan qarshi hujumini qanday yoritish kerakligi aytiladi.
Kreml targ‘ibotchilardan «Ukrainaning NATO ko‘magida e’lon qilingan qarshi hujumini past baholamaslik» va «Kiyev go‘yoki qarshi hujumga tayyor emas» demaslikni so‘ramoqda. Hukumatparast OAV, aksincha, G‘arb davlatlari Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlab, Ukrainani har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganiga e’tibor qaratishi kerak.
Prezident ma’muriyatiga yaqin bo‘lgan manba yaqinlashib kelayotgan qarshi hujumni yoritish uchun oddiy tushunchalar borligini aytgan.
Agar qarshi hujum muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, Rossiya armiyasi kuch jihatidan ustun bo‘lgan hujumni mohirlik bilan qaytardi. Bu g‘alabaning narxi juda baland, deyish mumkin.
Agar Ukraina AQSh va Yevropa qurollari yordamida qandaydir muvaffaqiyatlarga erishsa va hududlarni egallab olsa, ularning yo‘qotilishi sabablari ham ma’lum: G‘arb frontda katta sa’y-harakatlarni jamlagan, ammo uning muvaffaqiyatlari ushbu sa’y-harakatlar bilan solishtirganda juda kamtarin. Ya’ni, umuman olganda, rus armiyasi ham vazifani epladi.
Xuddi shu qo‘llanmada Kreml targ‘ibotchilarga Rossiya budjetidan bosib olingan va anneksiya qilingan Ukraina hududlarida infratuzilmani tiklash uchun sarflanadigan «mablag‘lar miqdori to‘g‘risida ma’lumot bermaslikni tavsiya qiladi». Rossiya bunga qancha pul sarflashi aniq ma’lum emas - ehtimol bu miqdor bir trillion rubldan oshadi. 2023 yilning birinchi choragida budjet taqchilligi 2,4 trillion rublni tashkil etgan.
Buning o‘rniga, targ‘ibotchilar Rossiyada maktablar, bolalar bog‘chalari va shifoxonalardagi ta’mirlash kabi muammolar qanday «hal qilinayotgani» haqida gapirishi kerak. Qo‘llanmaga ko‘ra, Kreml bunday hikoyalar «jamoatchilik tomonidan ma’qullanishiga» ishonadi.
Shuningdek, anneksiya qilingan hududlarga sarflanayotgan mablag‘lar miqdorini ham oshkor qilmaslik tavsiya etiladi. Rossiyalik bu pullar bizdan olingan deb e’tiroz bildirishi mumkin. Budjetdan qancha olinganini aniq miqdorlarda ko‘rsatmaslik yaxshiroq. Bu Qrim bilan allaqachon sodir bo‘lgan, degan manbalardan biri.
Uning so‘zlarini 2017 yilda Levada markazi tomonidan o‘tkazilgan Rossiya ichki so‘rovi ma’lumotlari tasdiqlaydi. O‘sha paytda respondentlarning muhim qismi (41%) Qrimga budjet investitsiyalari «ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fanga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish, ish haqi va pensiyalarni indeksatsiya qilish orqali» amalga oshirilganini ta’kidlagan.
Shu tarzda javob berganlarning yarmidan ko‘pi (55%) rasmiylar Qrimni Rossiya hududlarida ijtimoiy xarajatlarni qisqartirish orqali moliyalashtirib, noto‘g‘ri ish qilyapti, deb hisoblashgan. Bundan tashqari, o‘sha yilgi so‘rovlariga ko‘ra, rossiyaliklarning 84 foizi Qrim uchun qo‘shimcha moliyalashtirishga qarshi edi.
Targ‘ibot uchun yana bir «nomaqbul mavzu» kutilmaganda 9 may paradi repetitsiyalari bo‘lib chiqdi. Rossiyaning bir nechta mintaqalarida «xavfsizlik nuqtai nazaridan» allaqachon bayramdan butunlay voz kechishga qaror qilishgan. Bundan tashqari, Moskva va boshqa shaharlarda «O‘lmas polk» an’anaviy yurishi o‘tkazilmaydi. Kremlga yaqin manba nashrga bu qaror sababini izohlashdan bosh tortdi.
Katta ehtimol bilan bu 2023 yilgi paradda oldingisiga qaraganda kamroq texnika ishtirok etishi, ularning ko‘pchiligi eskirgan bo‘lishi bilan bog‘liq.
Meduza bunday dalillar haqiqatga mos keladimi yoki yo‘qligini bilmaydi, ammo Kreml o‘zining o‘quv qo‘llanmasida targ‘ibotchilarga 9 mayga tayyorgarlik mavzusini «bo‘rttirib yubormaslikni» tavsiya qiladi.
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024