Jahon | 14:47 / 03.05.2023
5446
2 daqiqa o‘qiladi

Nexta sobiq bosh muharriri Protasevich 8 yilga qamaldi

Nexta Telegram-kanalining sobiq bosh muharriri bir qator jinoyatlarda aybdor deb topildi. Prokuratura Roman Protasevichni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qildi.

Foto: Twitter / Spriter

Minsk sudi Nexta Telegram-kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich ishi bo‘yicha hukm chiqardi. 3 may, chorshanba kuni Protasevich bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Avvalroq Belarus prokuraturasi uni 10 yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qilgan edi.

Avvalroq ayblov bilan chiqish qilar ekan, prokuratura suddan Protasevich sudgacha bo‘lgan kelishuv shartlarini bajarganligini hisobga olishni so‘radi. Bir qator moddalar uchun jazo sifatida unga maksimal muddatning yarmidan ko‘pi tayinlanishi mumkin emas. 

Nexta bo‘yicha sud jarayoni 2023 yil fevral oyida boshlangan. Sudlanuvchilar 1500 dan ortiq jinoyatlarni sodir etganlikda, jumladan ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish, Belarusga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirish, ekstremistik tuzilmani yaratish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, hokimiyatni egallashga uringanlikda ayblanmoqda. Protasevichga esa 11 ta jinoiy modda bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Protasevich 2021 yil 23 may kuni Minskda qo‘lga olingan, o‘shanda belaruslik dispetcherlar u Afinadan Vilnyusga uchgan Ryanair samolyotini “mina” xabari tufayli aeroportga favqulodda qo‘nishga majbur qilgan. Keyinroq Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan olib borilgan tergov natijalariga ko‘ra, bomba haqidagi xabar yolg‘on ekani va u Belarus hukumatining yuqori martabali amaldorlari ko‘rsatmasi bilan ekipajga yetkazilgani aniqlangan.

Mavzuga oid