Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda gul yetishtirishni yo‘lga qo‘ymoqchi
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Saudiya Arabistoni Atrof-muhit, suv va qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va qishloq xo‘jaligini kengaytirish departamenti bosh direktori Bandar Muhammad al-Saqhan bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Maqsad – O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida, jumladan, gul yetishtirish yo‘nalishida ishlab chiqilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalariga saudiyalik investorlarni jalb etish va tegishli shartnomalarni imzolashdan iborat.
«Saudiya tomoni O‘zbekiston bilan gul yetishtirish bo‘yicha hamkorlik qilishdan manfaatdor. Bu borada Saudiya Arabistoni Atrof-muhit, suv va qishloq xo‘jaligi vazirligining 5 nafar mas’ul xodimi va 10 nafardan ziyod investorlarni gul yetishtirish bo‘yicha loyihalarga investitsiyalar kiritish maqsadida O‘zbekistonga biznes-missiya bilan yuborishga tayyormiz», dedi Bandar Muhammad al-Saqhan.
Ushbu loyihalar respublikaning tuproq-iqlim sharoitiga mos 6 ta viloyatida, jumladan Toshkent, Jizzax, Samarqand, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Amaliy safar doirasida saudiyalik investorlar va mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:07
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024