O‘zbek-qirg‘iz avtomobil zavodi qurilishi boshlandi
«Altin Tulpar Unaa Qurulush» zavodida yengil avtomobillar bilan tijorat texnikasi yig‘iladi va ishlab chiqariladi.
Qirg‘izistonning Chuy viloyati, Oqsuv qishlog‘ida yengil avtomobillar bilan tijorat texnikasini yig‘ish va ishlab chiqarish zavodi qurilishi boshlandi.
O‘zbekiston bilan hamkorlikda barpo etiladigan «Altin Tulpar Unaa Qurulush» zavodi poydevoriga tamal toshi qo‘yish marosimida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov ishtirok etdi. U ikki qardosh respublika birligini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlariga minnatdorlik bildirdi.
Qirg‘iziston hududida zavod qurish bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil yanvaridagi rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan edi. Dastlabki bosqichda zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming dona avtomobilni tashkil etadi, mingdan ortiq doimiy ish o‘rni yaratiladi.
Dastlabki 6 yil davomida 30 ming dona avtomobil ishlab chiqarish, 2 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillari ishlab chiqariladi.
Loyiha O‘zbekistondan – «O‘zavtosanoat» AJ, Qirg‘izistondan – «DT texnika» MChJ va «Nur» AJ tomonidan amalga oshiriladi. Jami sarmoya hajmi 50 million dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024