O‘zbekiston | 09:39 / 16.05.2023
9495
2 daqiqa o‘qiladi

MSK 5 ta partiyaga prezident saylovida ishtirok etishi uchun ijozat berdi

Markaziy saylov komissiyasining muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti sayloviga bag‘ishlangan navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

MSK ma’lumotiga ko‘ra, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etgan  majlisda partiyalarning muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Saylov kodeksiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berishni so‘rab taqdim qilgan hujjatlarini ko‘rib chiqib, mazkur partiyalarga 2023 yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etishi uchun ijozat berildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, majlis doirasida, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga saylovda ishtirok etishga ijozat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda belgilangan namunadagi imzo varaqalari blankalari topshirildi.

Mavzuga oid