Xitoy fuqarolar orasidan tanlab olingan taykonavtni orbital stansiyaga yubordi
Xitoy uch ekipaj a’zosi bo‘lgan kemani "Tyangun" orbital stansiyasiga uchirdi. Ular orasida birinchi fuqarolik taykonavti, foydali yuklama bo‘yicha mutaxassis Guy Xaychao ham bor. Hozirgacha Xitoydan koinotga faqat harbiylar uchgan.
Xitoy o‘zining "Tyangun" orbital stansiyasiga uch ekipaj a’zosi bilan “Shenchjou-16” kosmik kemasini jo‘natdi. Uchirish 30 may, seshanba kuni Pekin vaqti bilan soat 09:31da (Toshkent vaqti bilan 06:31) mamlakat shimolidagi Tszyutsyuan kosmodromidan "Chanchjen-2F" raketa tashuvchisi yordamida amalga oshirildi. Uni Xitoy markaziy televideniyesi jonli efirda namoyish etdi.
Keyinroq Xitoyning boshqariladigan kosmik parvozlar dasturi bo‘yicha boshqarmasi uchirish muvaffaqiyatli o‘tganiga aniqlik kiritdi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, kosmik kema aniq belgilangan orbitaga chiqqan va normal ishlamoqda.
Ekipaj komandiri, general-mayor Tszin Xaypen uchun ushbu hodisa to‘rtinchi kosmik parvoz bo‘lib, bu Xitoy astronavtikasi uchun rekorddir. Bortda undan tashqari muhandis Chju Yanchju va foydali yuklama bo‘yicha mutaxassis Guy Xaychao ham bor. Ular stansiyada ishlaydigan taykonavtlarning hozirgi uchligini almashtiradi.
Guy Xaychao - tarixdagi birinchi fuqarolik taykonavti: hozirgacha XXRdan faqat Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi zobitlari koinotga uchgan. Pekindagi Beyxan universiteti professori, 36 yoshli Guy Xaychao stansiyadagi vaqtida ilmiy tajribalar o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:24
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024