O‘zbekiston | 11:14 / 08.06.2023
9279
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 25 tonna xurmo sovg‘a qildi

Foto: Saudiya Arabistoni elchixonasi

Saudiya Arabistoni podshohligi tomonidan O‘zbekistonga xurmo mahsulotlarining navbatdagi partiyasi sovg‘a sifatida taqdim etildi. Bu haqda podshohlikning Toshkent shahridagi elchixonasi Kun.uz’ga xabar berdi.

«6 iyun kuni Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Yusuf al–Utaybiy podshoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik ishlari markazi vakillari bilan hamkorlikda Ikki muqaddas masjid xodimi Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning sovg‘asini – 25 tonna xurmoni O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, O‘zbekiston musulmonlar idorasiga, «Vaqf» xayriya jamoat fondiga va din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etdi», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid