Qozog‘istondan O‘zbekistonga eskirgan kiyimlar import qilinmoqda
Eskirgan kiyim-kechak, kiyilgan poyabzal va aksessuarlar 1 tonnasi narxi taxminan 2 ming dollar ekani aytilmoqda.
Qozog‘istondan 50 ming tonnadan ortiq eskirgan kiyim-kechak olib chiqildi. Qozog‘iston eskirgan kiyim-kechak eksportini oshirmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.
Qayd qilinishicha, so‘nggi yillarda Qozog‘istonda eskirgan kiyimlar savdosi hajmi 60 barobar oshgan. 2022 yilda 50 ming tonnadan ortiq eskirgan kiyim-kechak, kiyilgan poyabzal va aksessuarlar eksport qilingan. Ular tonnalab sotilmoqda, 1 tonnasining narxi taxminan 2 ming dollarni tashkil etadi.
Qozoq kiyimlarining asosiy iste’molchisi Tojikiston ekani aytilmoqda. Bu mamlakat barcha eskirgan kiyimlarning 98 foizini import qilyapti, qolganini O‘zbekiston sotib olmoqda.
Import bo‘yicha bojxona statistikasiga ko‘ra, Qozog‘istonga second-hand (ikkinchi qo‘l) iste’mol tovarlarining asosiy qismi Yevropa davlatlaridan: Niderlandiya, Germaniya, Belgiya, Finlandiya va Rossiyadan keltirilgan.
Mavzuga oid
08:48 / 25.12.2024
11 oyda 215 mln dollarlik elektromobil import qilindi
11:10 / 15.12.2024
O‘zbekistonga o‘tgan 10 oyda import qilingan elektromobillar soni ma’lum qilindi
10:23 / 13.12.2024
Import qilishda QQSni o‘zaro hisobga olish tartibini qo‘llash kengaytirildi
09:24 / 12.12.2024