O‘zbekiston | 07:31 / 17.06.2023
23559
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 4,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 4:02 da zilzila sodir bo‘ldi. 

Episentr: Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani. Zilzila koordinatalari: 38,79 gradus shimoliy kenglik; 67,85 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 299 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Sariosiyo tumanida 4 ball, 8 km;
Denov tumanida 2-3 ball, 52 km;
Shahrisabz tumanida 2 ball, 65 km;
Oltinsoy tumanida 2 ball, 69 km;
Uzun tumanida 2 ball, 76 km;
Kitob tumanida 2 ball, 82 km.

Mavzuga oid