Samarqandda yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in natijasida qurilishda foydalaniladigan uskuna (opalubka) yonib zararlangan.
Samarqand shahrida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa to‘g‘risida ma’lumot berdi.
18 iyun kuni soat 21:10 da Samarqand viloyati Samarqand shahar “Xishrav-2” qo‘rg‘oni hududidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:20 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:00 da o‘rab olingan va soat 22:18 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida qurilishda foydalaniladigan uskuna (opalubka) yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga viloyat hamda shahar FVB rahbar xodimlari chiqishgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:26 / 03.01.2025
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi nishonlanadi
10:21 / 02.01.2025
Uchtepa tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
19:09 / 26.12.2024
5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildi
15:52 / 26.12.2024