O‘zbekiston | 09:43 / 20.06.2023
30470
1 daqiqa o‘qiladi

Bekobod shahar ekologiya bo‘limi boshlig‘i xizmat vaqtida pichoqlandi

Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan voqea sabablari va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda.

19 iyun kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi Bekobod shahar bo‘limi boshlig‘i, davlat inspektori Muhammadjon Fozilov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida pichoqlandi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, ayni damda inspektorga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bemor operatsiya qilinib, jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.

Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan voqea sabablari va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.

Mavzuga oid