O‘zbekiston | 13:07 / 21.06.2023
7927
1 daqiqa o‘qiladi

Kovid bilan kasallangan bemorlarni davolovchi shifokorlarga ustamalar kamaytirildi

Prezident tomonidan “O‘zbekiston prezidentining va O‘zbekiston hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

Foto: Kun.uz

Hujjatga muvofiq, «O‘zmedimpeks»  va «IT-Med» MChJ ommaviy savdolar orqali to‘liq sotilayotgan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilmoqda.

Muqaddam qayta tashkil etiladigan va tugatiladigan davlat korxonalarining ro‘yxatlari tasdiqlangan edi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun maxsus ustama to‘lovi 200 foizdan 50 foizga tushirilmoqda.

Mavzuga oid