O‘zbekistonda elektr energiyasi importi oshdi, eksporti kamaydi
2023 yil yanvar – may oylarida elektr energiyasi ishlab chiqarish, yetkazib berish va import ko‘rsatkichlari e’lon qilindi.
2023 yilning dastlabki 5 oyida O‘zbekistonda 31,9 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,0 mlrd kVt•soat yoki 3,3 foiz ko‘p. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Iste’molchilariga 27 mlrd kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Ushbu ko‘rsatkich 2022 yil shu davridagiga nisbatan 1,6 mlrd kVt•soat yoki 6,5 foiz ko‘p.
Yanvar – may oylarida oshib borayotgan ichki iste’molni qoplash maqsadida 2,5 mlrd kVt•soat elektr energiyasi import qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 384,6 mln kVt•soat yoki 18,6 foiz ko‘p.
Shu davrda 1,1 mlrd kVt•soat elektr energiyasi eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 243,2 mln kVt•soat yoki 18,5 foiz kam.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
23:12 / 12.12.2024
Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
18:33 / 03.12.2024
Toshkentda 4 dekabr kuni elektr ta’minotidan uziladigan hududlar ma’lum qilindi
19:04 / 02.12.2024