Sport | 08:43 / 25.06.2023
58451
2 daqiqa o‘qiladi

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Paxtakor»ning chempion bo‘lish an’anasi buzilmasligi kerak»

24 iyun kuni Jahongir Ortiqxo‘jayev «Paxtakor»ning Qibraydagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari bazasida bo‘ldi. So‘nggi oylarda kompleksda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishgan klub raisi futbolchilar bilan ham suhbatlashdi.

Foto: FC Pakhtakor

«Avvalo, sizlarga so‘nggi ikki yilda qo‘lga kiritilgan chempionlik uchun rahmat aytaman. Bundan quvondim. An’anani buzmasligimiz kerak. Eng muhimi e’tibordagi odam ekanligingizni unutmasangiz va biz bilan bir jamoa bo‘lishda davom etsangiz kifoya. Biz yaxshi sharoitlar yaratib berishda davom etamiz. 

Yoshlarimiz milliy jamoa safida Osiyo chempioni bo‘lishdi. Akalaringiz kabi nom qozoning, qadringizni biling, mehnat qilib Yevropaga keting, men xursand bo‘lay. Abbos (Fayzullayev), ayniqsa sendan umidimiz katta. Ishonaman, sen hali «Paxtakor» bilan yuqori marralarni zabt etasan va Yevropaning top klublarida o‘ynaysan», — deydi klub raisi futbolchilar bilan uchrashuvda.

Ma’lumot o‘rnida, «Paxtakor» bu mavsumda O‘zbekiston chempionatida 12-turdan so‘ng 24 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Navbahor»dan 1 ochkoga ortda qolmoqda, ammo «sherlar» zaxirasida bir o‘yin bor.

Mavzuga oid