Rostovda «Vagner» izlari, Baxmut atrofida janglar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 487-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Davlat dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Kartapolov «Vagner» XHK yollanma jangchilari Rostov-Donda «hech kimni ranjitmagani» va «hech narsani buzishmagani», shuning uchun tashkilotni taqiqlashga hojat yo‘qligini aytdi.
- Voronej oblastidagi posyolkalardan birida vagnerchilar va harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi otishma oqibatida 19 ta uy shikastlangan, bu haqda mahalliy rasmiylar xabar qilishdi. Rostov-Don meri esa isyon vaqtida 10 ming kvadrat metrdan ortiq yo‘l qoplamasi zararlanganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan «Rybar» telegram-kanali xabar qilishicha, isyon oqibatida Rossiya armiyasi yettita bortdan ayrilgan, jumladan Mi-8 rusumli uch vertolyot urib tushirilgan, 20 dan ortiq uchuvchilar halok bo‘lgan.
- Prigojinning matbuot xizmati u hozircha aloqaga chiqmayotganini bildirdi. Uni so‘nggi bor Rostov-Donni tark etayotganida ko‘rishgan. Isyon yakunlari haqida Prigojin shunday degan: «Normal natija. Barchani jonlantirdik».
- Italiyaning La Repubblica nashriga ko‘ra, Prigojinning isyoni boshlangach, NATO vakillari RF mudofaa vazirligi bilan bog‘langan. G‘arb bu harakati bilan birinchi navbatda ushbu isyonga aloqador emasligini yetkazishni istagan.
- The New York Times va The Washington Post nashrlari esa AQSh razvedkasi bir necha kun muqaddam kongress rahbariyatini Prigojin qurolli isyon tayyorlayotgani haqida ogohlantirgani haqida yozdi.
Chasiv Yar yaqinidagi ukrain harbiylari
Ukraina qarshi hujumini davom ettirmoqda. Front chizig‘ida joylashgan aholi yashash manzillaridan biri — Donetsk oblasti Baxmut rayonidagi Chasiv Yar shahridir. Bu yerda may oyi o‘rtalaridan buyon Baxmut frontida qanotlarda yurish qilayotgan guruh shtabi joylashgan. Chasiv Yar Baxmut va Rossiya armiyasi pozitsiyalaridan 15 kilometr g‘arbda. Bahorda ushbu shahar qurshovga tushib qolishi xavfi paydo bo‘lgandi, ammo Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumga o‘tishi Rossiya kuchlari yorib kirishining oldini oldi. Ukraina qurolli kuchlari Zaporijjya va Donetsk oblastlarida rossiyaliklarning front chizig‘idan bir necha kilometr ichkaridagi pozitsiyalarini artilleriya va dronlar bilan o‘qqa tutmoqda.
Dnipro GES yaqinida ham daryo suv sathi sayozlashgan
Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishidan keyin Dniproda suv sathi keskin pasaydi — jumladan daryoning yuqori oqimida joylashgan hududlarda ham. Dnipro GES atrofida daryo tubi ko‘rinib qolgan.
Rostov-Donda «Vagner» izlari
Yevgeniy Prigojin e’lon qilgan «Adolat marshi»dan keyin 24 iyun tongida «Vagner» kuchlari Rostov-Donni egalladi, yollanma jangchilarning boshqa guruhi Moskva tomon harakatlandi. Yollanma jangchilar poytaxtga 200 kilometr qolganida to‘xtadi. Aleksandr Lukashenko bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin Prigojin isyonni yakunlashga qaror qildi. 24 iyun kuni «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin avtomobilda Rostov-Donni tark etdi — shundan buyon u ko‘rinish bermayapti.
Rostov-Don meriyasidagilar vagnerchilarning texnikalari shaharda 10 ming kvadrat metrdan ortiq yo‘l qoplamasini shikastlaganini ma’lum qilgan. Rasmiylar yo‘llarni ikki kun ichida ta’mirlashni va’da qilgan.
Mavzuga oid
15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024