O‘zbekiston | 10:49 / 27.06.2023
7898
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda quyosh ultrabinafsha nurlari maksimal darajaga yetishi mumkin

Toshkentda 27 iyun kuni quyoshning ultrabinafsha nurlanish darajasi yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

Soat 13:00 va 14:00 orasida quyosh ultrabinafsha nurlari 12 ballik tizimda 11 ballik darajaga yetadi.

Bu kabi noqulay ob-havo sharoitida terining quyosh nuriga sezgirligi oshishi natijasida fotodermatit kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Oqibatda ko‘krakning yuqori qismi, bo‘yin, qo‘l sohalarida pufakcha, qavariq, qizil dog‘ va turli toshmalar yuzaga keladi. Ba’zan terining qipiqlanishi, qichishishi va shishlar kuzatiladi.

Ko‘zning shilliq qavatiga ultrabinafsha nurlarining ta’siri kon’yunktivit va keratit, ya’ni shohpardaning yallig‘lanishini ham keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, nurlanish indeksi yuqori bo‘lgan vaqtda ochiq havoda uzoq vaqt yurish saraton kasalligiga moyillikni oshirib, immunitetni pasaytiradi.

Bunday kunlarda soat 11:00 dan 16:00 gacha quyosh nurlari ostida uzoq vaqt yurmaslik, agar zarurat tug‘ilsa, bosh kiyim kiyish yoki soyabon tutish, ko‘zoynak taqish va imkon qadar yopiq liboslar kiyish tavsiya etiladi.

Mavzuga oid