So‘rov: Dunyoda AQShga bo‘lgan munosabat ijobiyligicha qolmoqda
AQShga eng yaxshi munosabat Polshada, eng yomoni - Vengriyada. Umuman olganda, Pew Research Center so‘rovi o‘tkazilgan 23 davlat orasida respondentlarning 59 foizi AQSh siyosatini ijobiy baholagan.
Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo-Tinch okeani, Afrika va Lotin Amerikasi mintaqasidagi 23 mamlakatda o‘tkazilgan Pew Research Center sotsiologik tadqiqoti natijalariga ko‘ra, dunyoda AQSh va prezident Jo Baydenga munosabat ijobiyligicha qolmoqda. So‘rov ma’lumotlari 27 iyun, seshanba kuni e’lon qilindi.
Mamlakatlarda respondentlarning 59 foizi Qo‘shma Shtatlarning dunyodagi rolini ijobiy baholaydi, 30 foizi - salbiy. So‘rovda qatnashgan mamlakatlardan Amerika Qo‘shma Shtatlariga Polshada eng yaxshi munosabatda bo‘lingan, bu yerda respondentlarning 93 foizi buni bildirgan. Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, bu raqam Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin keskin oshgan.
Isroilda so‘rovda qatnashganlarning 87 foizi Qo‘shma Shtatlarga yaxshi munosabatda ekanliklarini aytgan – bu mamlakatlar orasida ikkinchi ko‘rsatkichdir. Germaniyada respondentlarning 57 foizi AQSh siyosatini ijobiy baholagan, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 66 foizni tashkil etgan. Qo‘shma Shtatlarga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan yagona davlat - Vengriya. Bu yerda respondentlarning 51 foizi mamlakat va uning prezidentiga nisbatan salbiy munosabatda ekanini bildirgan.
Tanlangan barcha mamlakatlardagi respondentlarning aksariyati Qo‘shma Shtatlar dunyoning boshqa davlatlari ishlariga aralashadi degan fikrga qo‘shildi (respondentlarning 82 foizi). Shu bilan birga, respondentlarning o‘rtacha 61 foizi Qo‘shma Shtatlar butun dunyoda tinchlik va barqarorlikka hissa qo‘shmoqda, deb hisoblaydi. So‘rovda qatnashganlarning 54 foizi Baydenga ishonch bildirgan, 30 foizi buni his qilmasligini aytgan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024