Jahon | 09:23 / 05.07.2023
12287
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Prigojinga isyondan keyin olib qo‘yilgan 10 mlrd rubl qaytarildi

«Fontanka» gazetasining yozishicha, «Vagner» XHK rahbarining haydovchisi ishonchnomani ko‘rsatib, pulni olib ketgan. 

Foto: ERR

«Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojinga qurolli isyon bo‘yicha tergov doirasida Sankt-Peterburgdagi tintuv chog‘ida qutilarda topilgan 10 milliard rubl qaytarildi. 4 iyul, seshanba kuni bir qator rus tilidagi OAV va Telegram-kanallari, xususan, «Fontanka» internet nashri bu haqda yozmoqda. 

«Shu bilan birga, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirkor dam olish kunlari Moskvada bo‘lib, u yerda bir necha yig‘ilishlarda qatnashgan. Yevgeniy Prigojin o‘rniga uning haydovchisi rasmiy ishonchnoma bilan kelib, milliardlab pullarni olib ketgan», - deb yozadi gazeta.

Jurnalistlarning eslatishicha, tintuvlar kuni Prigojinning o‘zi ham pulga aloqasi borligini inkor etmagan. Uning bayonotiga ko‘ra, bu miqdor «Vagner» XHK jangchilarining maoshlari va qurbonlarning yaqinlariga to‘lovlar uchun tayyorlangan.

Shu bilan birga, «Pod’yem» onlayn-nashrining xabar berishicha, Rostov-Don hokimiyati «Vagner» XHKdan 90 million rubl miqdoridagi zararni undirishdan bosh tortishga qaror qilgan. Rostov meriyasi jurnalistlarning so‘roviga javoban ta’mirlash uchun mablag‘ shahar budjetidan ajratilishini tushuntirdi. 

Mavzuga oid