Sodiq Safoyev YeXHT DIIHB saylovni kuzatish missiyasi rahbari bilan uchrashdi
Senat raisining birinchi o‘rinbosari YeXHT DIIHB saylovni kuzatish missiyasi rahbari bilan o‘zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) saylovni kuzatish missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan uchrashdi.
Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish sohasida YeXHT DIIHB bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, bo‘lajak O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bo‘lajak saylov mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga doimiy tus berishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Mamlakatda saylov qonunchiligi va saylovlarni tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni amalga oshirishda samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Tomonlar saylov qonunchiligini demokratlashtirishning turli jihatlari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanini qayd etdi.
Mavzuga oid
16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
08:50 / 26.10.2024