O‘zbekiston | 10:41 / 09.07.2023
17577
3 daqiqa o‘qiladi

Foto: Prezident saylovida ovoz bergan hokimlar

O‘zbekistonda muddatidan avval prezidentlik saylovida amaldorlar ham faollik ko‘rsatib, fuqarolik huquqidan foydalanmoqda.

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda 15 ta xalqaro tashkilot, 47 ta xorijiy davlatdan tashrif buyurgan jami sakkiz yuz nafarga yaqin xalqaro kuzatuvchi bevosita kuzatib bormoqda. Siyosiy tadbirni jami 1 400 nafar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari yoritib bormoqda.

Kun.uz saylovda qatnashayotgan hokimlar va hududiy rahbarlar suratlarini jamladi.

Toshkent shahri

Poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqov Toshkent shahridagi 434-saylov uchastkasiga kelib ovoz berdi.

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev prezidentlik saylovida turmush o‘rtog‘i va nabirasi bilan birga ishtirok etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinbayev oila a’zolari bilan Nukusdagi 7-saylov uchastkasida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov Nukus shahridagi 83-saylov uchastkasida ovoz bergan.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Farg‘ona shahridagi 88-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Andijon viloyati

Shuhratbek Abdurahmonov saylovda ovoz bermoqda

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 260-saylov uchastkasida ovoz bergan.

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov Qarshi shahridagi 4-saylov uchastkasida ovoz bergan.

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahridagi 42-maktabdagi 144-saylov uchastkasida birinchilardan bo‘lib ovoz bergan.

Jizzax viloyati

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev Jizzax shahridagi Toshloq mahallasida joylashgan 39-saylov uchastkasida bo‘lib, fuqarolik huquqidan foydalandi. 

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Guliston shahridagi 15-saylov uchastkasida

Buxoro viloyati

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi 49-saylov uchastkasida o‘z ovozini bergan.

Navoiy viloyati

 

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navoiy shahridagi 6-saylov uchastkasida ovoz berdi

Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari matbuot xizmatlari hudud rahbarlarining saylov uchastkalarida olingan suratlarini taqdim etmagan.

Saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari 20:00 ga qadar davom etadi.

 

 

Mavzuga oid