Misr O‘zbekistonda zargarlik sohasini rivojlantirishda yordam berishi mumkin
Joriy yilning 10 iyul kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov, Misr Tadbirkorlar uyushmasi direktori Muhammad Yusuf va Misrning O‘zbekistondagi elchisi Amira Fahmi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, xususan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, tekstil va turizm sohalarida hamkorlikka tayyor ekanligi haqida ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Savdo-sanoat palatasining faoliyati va vazifalari bilan tanishtirildi. Misr Tadbirkorlar uyushmasi direktori Muhammad Yusuf O‘zbekistondagi zargarlik sanoati sohasini rivojlantirish hamda tajriba almashish maqsadida o‘zbekistonlik zargarlarning Misrga tashrifini tashkillashtirish taklifini bildirdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida biznes-forum o‘tkazish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
17:46 / 23.12.2024
Misrdan gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi
15:10 / 19.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning Al-Azhar majmuasiga qabul qilinishi tartibga solinadi
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
11:36 / 12.12.2024