O‘zbekiston | 08:53 / 11.07.2023
6749
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda fuqaro Qizil kitobga kiritilgan ona-bola jayronni o‘ldirgani aniqlandi

Joriy yilning 9 iyul kuni Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari viloyat IIB YHXB hamda Ekopatrul xodimlari bilan hamkorlikda nazorat reyd tadbirini o‘tkazdi.

Foto: ecogov

Tadbir davomida Navbahor tumani hududida fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi «Niva» rusumli avtomashina tekshirilgan. Natijada mashina yukxonasida 2 dona otilgan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ona-bola jayron borligi aniqlangan.

Tekshiruv-surishtiruv ishlari davomida jayronlar Samarqand viloyati, Narpay tumani, Boltali qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Q.Sh va Q.F.ga tegishli ov qurollari yordamida noqonuniy ovlangani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, tabiatga 33 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Shuningdek, Q.Sh. boshqaruvidagi avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilgan va ov qurollari saqlash uchun Navoiy viloyat IIBga yuborilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda prokuraturaga yuborish uchun kerakli hujjatlar to‘planmoqda.

Mavzuga oid