Xitoyda bolalarni zaharlagan tarbiyachi qatl qilindi
Hamkasbi bilan janjallashib qolgan ayol uning guruhidagi bolalarning ovqatiga oziq-ovqat sanoatida konservant sifatida ishlatiladigan natriy nitrit sepib qo‘yadi. Natijada 25 bola zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga qabul qilinadi, ulardan biri esa vafot etadi.
Xitoyning Xenan provinsiyasida payshanba kuni bolalarini zaharlagan bolalar bog‘chasi tarbiyachisiga nisbatan sud tomonidan chiqarilgan o‘lim jazosi ijro etildi, deya xabar bermoqda Pengpay nashri.
Qayd etilishicha, qatl etilgan Van Yun Mengmen bolalar bog‘chasida ishlagan. U hamkasblaridan biri bilan janjallashib qolgach, undan qasos olishni maqsad qiladi. 2019 yil 27 martda u rejasini amalga oshirib ayolning guruhidagi bolalarning ovqatiga natriy nitrit qo‘shib qo‘yadi. Natijada 25 nafar bola zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqiziladi, keyinchalik ulardan biri shifoxonada jon beradi.
Tekshiruv davomida Van Yunning shaxsiy adovati yo‘lida natriy nitritdan foydalangan birinchi holat bo‘lmagani aniqlangan. 2017 yilda ayol eri bilan urishib qolganda internet orqali natriy nitrit moddasini sotib olib, turmush o‘rtog‘ining suviga qo‘shib qo‘ygan – suvdan ichgan erkak zaharlanib azoblangan, ammo bu jiddiy oqibatlarga olib kelmagan.
Sud Van Yun natriy nitritning odamlar salomatligi uchun xavfliligini bilgan holda shaxsiy hisob-kitoblarida undan ikki marta foydalangan deb topgan. Bundan tashqari, sud qarorida tarbiyachi bolalar zaharlangan ovqatni yeyishini tushungani, ammo shunda ham to‘xtamagani alohida ta’kidlanadi.
Hozirgi vaqtda XXRda o‘lim jazosi ko‘p hollarda inʼeksiya yo‘li bilan amalga oshiriladi, ilgari oliy jazoga hukm qilingan shaxslar faqat otib o‘ldirilgan.
Natriy nitrit azot kislotasining tuzidir. Antibakterial va antioksidant xususiyatlari tufayli u oziq-ovqat ishlab chiqarishda keng qo‘llanadi. Boshqacha aytganda, u mahsulotlarning yorliqlarda Ye250 yozuvi bilan ifodalanadigan konservantdir.
Natriy nitrit mahsulotlardagi xavfsiz dozasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilanadi. Hozirgi kunda ruxsat etilgan sutkalik doza tana vaznining kilogrammiga 0,6 milligrammni tashkil qiladi. Shu bilan birga, natriy nitrit uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mahsulotlarda foydalanish taqiqlanadi. Chunki katta dozalarda natriy nitrit zaharli hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:57 / 25.12.2024
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
14:53 / 25.12.2024
Xitoy kompaniyasi Askiya bozorini 225,6 mlrd so‘mga sotib oldi
23:04 / 24.12.2024