Jamiyat | 10:59 / 17.07.2023
12016
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Beeline Business korporativ mijozlar uchun “Onlayn ulanish”ni ishga tushirdi

Digital-operator biznes uchun aloqa xizmatlaridan masofadan foydalanishni taqdim etmoqda. Endi onlayn ravishda Beeline Uzbekistan korporativ mijoziga aylanish mumkin va tayyor SIM-kartalarni mijoz o‘ziga qulay usulda qabul qilish imkoniyatiga ega.

Foto: Beeline Uzbekistan

Qulay raqamli texnologiyalar Beeline Uzbekistan korporativ mijozlariga ko‘plab vazifalarni masofadan turib hal qilish – masalan, saytdagi shaxsiy kabinet orqali ulangan xizmatlarni boshqarish imkonini beradi. Endilikda yuridik shaxslar va tadbirkorlar ham masofadan turib operator bilan shartnoma tuzishlari mumkin. «Onlayn ulanish» maxsus xizmati «postpaid» to‘lov tizimiga ega korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan.

«Biz mijozlarimizning, shu jumladan endigina ulanishni rejalashtirayotganlarning vaqtini qadrlaymiz. Shu bois tadbirkorlar va yuridik shaxslar o‘zlariga qulay bo‘lgan istalgan joydan aloqa xizmatlaridan korporativ foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzishlari mumkin, bu esa vaqt va xarajatlarni tejaydi. «Onlayn ulanish» tugmani bir necha marta bosish bilan barcha hujjatlarni to‘ldirishga yordam beradi va bu xizmat O‘zbekistonning barcha hududlarida mavjud», — dedi Beeline Uzbekistan korporativ rivojlanish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko.

Xodimlarni telekommunikatsiya xizmatlari bilan tezda ta’minlash uchun bir nechta oddiy amallarni bajarish kifoya. Ishni boshlash uchun Beeline Uzbekistan saytidagi "Korporativ mijoz bo‘lish" havolasi orqali o‘tish, aloqa ma’lumotlarini ko‘rsatish va shaxsiy ERI kaliti yordamida shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. So‘ngra — oldindan hisoblangan miqdorga hisobni to‘ldirish, tarif rejasini va yoqqan raqamlarni tanlashdan iboratdir. Mijozning vakili tayyor SIM-kartalarni arizada ko‘rsatilgan Beeline Uzbekistan’ning ofisidan ishonchnoma orqali olishi mumkin yoki buyurtma rasmiylashtirishda, maxsus opsiyani tanlash orqali yetkazish xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Xizmatdan ham yangi korporativ mijozlar, ham avvaldan Beeline Uzbekistan xizmatlaridan foydalanib kelayotgan kompaniyalar foydalanishi mumkin. Onlayn ulanish haqida batafsil ma’lumotlarni digital-operatorning saytidagi maxsus bo‘limi orqali bilib olishingiz mumkin: https://b2b-online-sales.beeline.uz/


Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan 

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan

Mavzuga oid