O‘zbekiston | 11:05 / 18.07.2023
9023
1 daqiqa o‘qiladi

Qurilishda nazorat o‘lchovini kimlar o‘tkazishi mumkinligi aniqlashtirildi

Iqtisodiyot va moliya vazirining “Budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan obektlarda nazorat o‘lchovini o‘tkazish uchun jalb qilinadigan tijorat tashkilotlarini tanlash, ularning xizmat haqini aniqlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Nizomga muvofiq, ko‘rsatilgan obektlarda nazorat o‘lchovini o‘tkazish uchun shaharsozlik sohasida sertifikatlangan mutaxassislarni jalb qilgan, arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan va qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish uchun akkreditatsiya qilingan, shaharsozlik sohasida kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, tijorat banklari hamda boshqa vakolatli organlar jalb qilinadi.

Nazorat o‘lchovini o‘tkazuvchi tashkilotlar Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan tanlab olinadi.

Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan obektlarda nazorat o‘lchovini o‘tkazish uchun Inspeksiyaga murojaat qilishlari  mumkin.

Nazorat o‘lchovini o‘tkazish qiymati – qurilish obekti umumiy qiymatining 0,3 foizgacha.

Mavzuga oid