Xorazmda bank binosida pnevmatik to‘pponcha bilan qurollangan fuqaro qo‘lga olindi
Joriy yilning 11 iyul kuni soat 11:07 da Urganch shahar “Qo‘riqlash” bo‘limiga Navoiy ko‘chasida joylashgan “Xalq bank” filialidan “tashvish” signali kelib tushgan.
Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tezkor harakatlanuvchi guruh tomonidan pnevmatik to‘pponcha bilan bank binosiga kirishga harakat qilgan fuqaro qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, bank filialida xizmat vazifasini olib borayotgan “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimi ushbu fuqaroni binoga kiraverishda ko‘zdan kechirish jarayonida payqab, to‘xtatib qolgan va tashvish tugmasi orqali xabar bergan.
O‘z vaqtida yetib kelgan tezkor guruh xodimlari tomonidan qo‘lga olingan ushbu fuqaro Urganch shahrida yashovchi X.A ekani ma’lum bo‘lgan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
21:47 / 02.12.2024
AQSh Xorazmdagi pedofil amaldorlarga sanksiya kiritdi
10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
20:29 / 22.11.2024