O‘zbekiston | 19:07 / 19.07.2023
8350
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qizamiq bilan xastalangan 50 nafar bemor aniqlandi – OAV 

Markaziy Osiyo davlatlarida qizamiq bilan xastalanish holatlari ko‘paymoqda. 

Foto: Getty Images

O‘zbekistonda qizamiq bilan xastalanish holatlari 50 ga yetdi. Bu raqamlarni Qirg‘iziston immunoprofilaktika markaziga tayanib Kaktus.media keltirdi. 

«COVID-19 pandemiyasi bolalar o‘rtasida emlash qamrovining pasayishiga olib keldi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab qizamiqning tarqalish xavfi saqlanib qolmoqda. Epidemiya pandemiya va uning fonida profilaktik emlashlar faolligining pasayishi bilan bog‘liq. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, MDH mamlakatlarida qizamiq bilan kasallanishning ko‘payishi quyidagi mamlakatlarda qayd etilgan: Tojikistonda – 700, Rossiyada – 1800, Qozog‘istonda – 1600, O‘zbekistonda – 50», deyiladi xabarda. 

Qirg‘izistonda 2023 yil boshidan buyon 1103 nafar bemorda qizamiq kasalligi aniqlangan. 

Kasallik ko‘payishining asosiy sababi, qayd etilganidek, qizamiq va qizilchaga qarshi rejali emlash bilan bolalar va kattalarni qamrab olishning kamayishidir. 

Qizamiq asoratlari bilan xavfli bo‘lib, o‘pka, miya, ko‘z yallig‘lanishi mumkin. Ba’zi hollarda ko‘rlikka olib kelishi, og‘ir holatlar o‘lim bilan ham yakunlanishi mumkin. 

Hozircha, O‘zbekiston rasmiylari qizamiq bilan kasallanish holatlari haqida ma’lumot bermadi. 

Mavzuga oid