Android uchun ChatGPT ilovasi ishga tushirildi
Biroq, u hozircha faqat AQSh, Hindiston, Bangladesh va Braziliyada ishlaydi.
OpenAI kompaniyasi Android qurilmalari uchun ChatGPT ilovasini ishga tushirdi.
Uni Google Play orqali yuklab olish mumkin. Biroq, ilova hozircha faqat AQSh, Hindiston, Bangladesh va Braziliyada ishlaydi. Kompaniya yaqin kelajakda ushbu ro‘yxatni kengaytirishni va’da qilmoqda. Kelgusi hafta unda yangi davlatlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, mobil chatbot o‘zining veb-versiyasidan farq qilmaydi va bir xil funksiya va imkoniyatlarni taqdim etadi. Faqat interfeys biroz farq qiladi - u smartfonlar uchun moslashtirilgan.
Ilgari ChatGPT rasmiy ravishda iOS qurilmalari uchun ham ishlab chiqilgan edi. Dastlab u faqat AQSh hududida ishladi, ammo hozir uni 50 dan ortiq mamlakatlarda yuklab olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ChatGPT ilovasi va veb-versiyasi O‘zbekiston uchun mavjud emas va chatbotda o‘zbek mobil operatorlari telefon raqamlaridan foydalanib akkaunt ochib bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
00:05 / 23.12.2024
ChatGPT bepul qo‘ng‘iroqlar va yozishmalar uchun telefon raqamiga ega bo‘ldi
22:17 / 20.12.2024
Italiyada OpenAI kompaniyasi 15 mln yevro jarimaga tortildi
20:18 / 14.12.2024
OpenAI kompaniyasini qonunbuzarlikda ayblagan sobiq xodimi o‘lik holda topildi
18:26 / 10.12.2024