Jahon | 09:03 / 28.07.2023
6898
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya bosh vaziri Meloni AQShda birinchi marta Bayden bilan uchrashdi

Jorja Meloni Italiya bosh vaziri sifatida Vashingtonga ilk tashrifi chog‘ida AQSh prezidenti Bayden bilan Ukrainadagi urush, iqlim o‘zgarishi, noqonuniy migratsiya va boshqa masalalarni muhokama qildi.

Foto: BRENDAN SMIALOWSKI/AFP via Getty Images

Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng AQSh prezidenti Jo Bayden va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Ukrainani mamlakatga kerak bo‘lgan darajada siyosiy, harbiy, moliyaviy va humanitar yordam ko‘rsatishda davom etishiga ishontirdi. 27 iyul, payshanba kuni Oq uy saytida Bayden va Melonining qo‘shma bayonoti e’lon qilindi.

Bayonotda aytilishicha, Italiya va AQShga yordam «BMT Nizomi hamda Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq hurmat qilgan holda adolatli va mustahkam tinchlikka erishilgunga qadar» davom etadi. Alohida hujjatda «Ukrainaga Qora dengiz orqali oziq-ovqat eksport qilish imkoniyatini berish muhimligi» qayd etilgan. Oq uy va Italiya hukumati rahbarlari Rossiyaning Qora dengiz don tashabbusidan bir tomonlama chiqib ketishini, shuningdek, Rossiyaning Ukraina don omborlari va transport infratuzilmasiga hujumlarini qoraladi. Bundan tashqari, Vashington va Rim Ukrainani qayta tiklashni muvofiqlashtirishni davom ettirish majburiyatini oladi.

Melonining Vashingtonga tashrifi uning Italiya bosh vaziri maqomida Amerikaga birinchi safari bo‘ldi. Bayden bilan mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, noqonuniy migratsiya muammolari, global isish va dunyoning turli burchaklaridagi xavfsizlik masalalari ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid