O‘zbekiston | 09:14 / 28.07.2023
8173
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yetishtirilgan tarvuz asosan 3 davlatga sotilmoqda

O‘zbekiston 14 ta davlatga tarvuz eksport qilgan.

Foto: Pixabay

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatga qiymati 3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 6,5 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, tarvuz eksporti hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,8 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 2023 yilning 6 oyida eng ko‘p tarvuz eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilik qilyapti – mos ravishda 2 ming tonnadan.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

— Rossiya – 1,5 ming tonna;
— Latviya – 500 tonna;
— Litva – 135 tonna;
— Germaniya – 115 tonna;
— Belarus – 34 tonna.

Mavzuga oid