Sport | 23:01 / 28.07.2023
18103
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA «Yuventus»ni Konferensiyalar ligasidan chetlatdi

«Yuventus» klubi o‘tgan yillar davomidagi moliyaviy qing‘irliklar sababli yangi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Klub jarimaga ham tortildi.

Foto: Getty Images

UYeFA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Turin klubi Konferensiyalar ligasidan chetlatilganidan tashqari, 20 million yevroga jarimaga ham tortilgan. Shundan 10 million yevrosi shartli jarima jazosi bo‘lib, «Yuve»ning 2023, 2024 va 2025 yildagi moliyaviy hisobotlari ham talab darajasida bo‘lmasa, bu mablag‘ klubdan undiriladi. 

Avvalroq, «Yuventus» UYeFAning qarori bo‘yicha sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat qilmoqchi emasligi haqida xabar qilingandi. 

Eslatib o‘tamiz, «Yuve» moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirishda ayblanib, A Seriyada 10 ochkodan mahrum etilgach, klub 7-o‘rinni egallab Konferensiyalar ligasida ishtirok etishi lozim edi.

Mavzuga oid