O‘zbekiston | 10:43 / 04.08.2023
9282
3 daqiqa o‘qiladi

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va uning Samarqand, Namangan shaharlaridagi filiallariga hujjatlar qabuli 2023 yilning 10 avgust sanasiga qadar uzaytirilganini ma’lum qilamiz.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://admission.kiut.uz/

Mavjud yo‘nalishlar, imtihon fanlari va shartnoma narxlari bilan tanishish uchun: https://kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/

Shuningdek, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va K.I.Satbayev nomidagi Qozog‘iston milliy tadqiqot texnika universiteti bilan hamkorlikda “Kosmik texnologiyalar” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat dasturini yo‘lga qo‘ydi.

“Kosmik texnologiyalar” bakalavriat bitiruvchilari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lishadi:

1. Raketa-kosmik komplekslarning ekspluatatsiyasi;

2. Sun’iy yo‘ldosh aloqasi va radioeshittirish uchun yerusti majmualarini ekspluatatsiya qilish;

3. Kosmik kemalarni sinovdan o‘tkazish va ballistik ta’minlash texnologiyalari;

4. Raketa-kosmik komplekslar ekspluatatsiyasining ekologik xavfsizligi;

O‘qish muddati — 4 yil. 1- va 2-yil — Toshkentda, 3- va 4 — Olmaotada.

Amaliyot: Kosmik va aerokosmik sanoatdagi ixtisoslashtirilgan ilmiy va ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinadi.

Diplom: O‘quv dasturi yakunida bitiruvchilar 2 ta namunadagi diplom egasi bo‘ladi.

− Toshkent Kimyo xalqaro universitetining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan diplomi;

− K.I.Satbayev nomidagi Qozog‘iston milliy tadqiqot texnika universitetining diplomi.

O‘qitish tillari: ingliz, rus, o‘zbek.

Ta’lim turi: kunduzgi

Ta’lim grantlari:

1- va 2-kurslar uchun kontrakt summasining 100 foizigacha bo‘lgan grantlar ajratiladi.

3- va 4-kurslarda ta’lim bepul.

Hujjatlarni qabul qilish oflayn yoki onlayn tartibda amalga oshiriladi. Onlayn hujjat topshirish admission.kiut.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar: 

− pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (rangli);

− diplom yoki attestat nusxasi (rangli);

Manzil: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy.

+99878 129-40-40 (ichki 144 yoki 165),

🔵 @EngineeringSchool_helpbot

Reklama

Mavzuga oid