Polsha O‘zbekistonda rezavor mevalar yetishtirmoqchi
O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyev Malopolsk voyevodaligiga safari chog‘ida Plantin kompaniyasi asoschisi Tadeush Kusibab bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda O‘zbekistonda rezavor mevali ekinlar – golubika, malina, qorag‘at, shilvi, shuningdek, funduk yetishtirishga sarmoya kiritish masalalari muhokama qilindi.
Golubika, malina va shilvi nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki farmatsevtika ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida ham qo‘llaniladi, chunki ular antioksidant bo‘lib, shifobaxsh xususiyatlarga ega.
Suhbatdosh ko‘chat va rezavor mevalar yetishtirish uchun plantatsiyalar yaratishga to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi. Uning aytishicha, Polshada 1 gektardan 20 tonnaga yaqin golubika olinadi, O‘zbekistonning iqlim sharoiti esa 40 tonnagacha hosil olish imkonini beradi.
Tadeush Kusibab, agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, rezavor mevalarni qayta ishlash va sharbatlar, murabbo, sirop va ekstraktlar, muzlatilgan mahsulotlar ishlab chiqarishga ham sarmoya kiritishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Polsha tomonidan meva va rezavorlar yetishtirish bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha 3 va 6 oylik kurslar tashkil etish taklif etildi. Shuningdek, ularni Polshaga amaliyot o‘tashga yuborish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2024
Polsha maktablarida o‘q otish bo‘yicha majburiy mashg‘ulotlar joriy etiladi
00:37 / 24.12.2024
Toshkent va Navoiyda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
12:41 / 21.12.2024
Polsha sobiq amaldoriga Vengriyada boshpana berilganidan norozi
22:34 / 18.12.2024