O‘zbekistonning qaysi hududida eng kam aholi yashashi ma’lum qilindi
Hududlar bo‘yicha doimiy aholi soni to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonda eng ko‘p aholi yashaydigan hudud — Samarqand viloyati (4 mln 159 ming kishi) hisoblanadi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (4 mln 15 ming kishi), Qashqadaryo (3 mln 515 ming kishi), Andijon (3 mln 354 ming kishi) va Namangan (3 mln 28 ming kishi) viloyatlari turadi.
Eng kam o‘zbekistonliklar yashaydigan hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib, u yerda 905 ming kishi istiqomat qilmoqda.
Keyingi o‘rinlarni Navoiy (1 mln 65 ming kishi), Jizzax (1 mln 491 ming kishi), Xorazm (1 mln 971 ming kishi) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston (1 mln 987 ming kishi) egallagan.
Mavzuga oid
20:10 / 25.12.2024
O‘zbekiston uchun sinov: Aholi ko‘payishi bilan, inson kapitali ham o‘sishi kerak
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
12:42 / 01.12.2024
O‘zbekiston aholisining tarkibi ma’lum qilindi
10:11 / 28.11.2024