O‘zbekiston | 09:18 / 10.08.2023
6918
1 daqiqa o‘qiladi

China Southern Airlines aviakompaniyasi Urumchi – Samarqand aviaqatnovini ochmoqda

Pekin-Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni haftasiga 4 martagacha oshirish masalasi ham ko‘rib chiqilyapti.

Foto: Transport vazirligi

2023 yil 9 avgust kuni Transport vazirligida China Southern Airlines aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv doirasida Urumchi – Samarqand yangi yo‘nalishini ochish, Uzbekistan Airways bilan «kod-sher» tijorat shartnomasi bo‘yicha reyslarni amalga oshirish va Pekin-Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni haftasiga 4 martagacha oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, Transport vazirligi vakillari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi mavjud kvotalar va joriy yilning oktyabr oyida Pekin shahrida ikki mamlakat aviatsiya rasmiylari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishini muhokama qildi.

Mavzuga oid