Odessa va Donetsk yana o‘qqa tutildi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 536-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiyalik harbiylar Xerson oblastini o‘qqa tutishi oqibatida yetti kishi, jumladan yangi tug‘ilgan qizcha va uning 12 yoshli akasi halok bo‘ldi. Regionda motam e’lon qilingan. RF mudofaa vazirligi bu hujum yuzasidan izoh bermagan.
- Rossiyalik harbiylar Qora dengizda Palau bayrog‘i ostida suzgan va Ukrainaning Izmayil porti tomon harakatlangan yuk kemasini to‘xtatish uchun «ogohlantiruvchi o‘t ochdi». Rossiyalik harbiylar kemani ko‘zdan kechirishgan, shundan keyin u suzishda davom etgan. Kiyevdagilar yuk kemasi «maqsadli o‘qqa tutilishi va majburan tintuv qilinishi»ni «xalqaro dengiz qonunchiligini buzish va qaroqchilik harakati» deb baholagan.
- Belgorodda portlash oqibatida ko‘p kvartirali uy fasad shikastlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, binoga dron kelib urilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
- «Ukrainskaya pravda»ning Ukraina xavfsizlik xizmatidagi manbasi 12 avgustga o‘tar kechasi Qrimga dronlar hujum uyushtirishi oqibatida o‘nlab rossiyalik harbiylar halok bo‘lgani yoki yaralangani haqida aytib bergan. Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, hujum nishoni RF qo‘shinlarining Yevpatoriya hududidagi logistik bazasi bo‘lgan. Rossiya mudofaa vazirligi hujum kuni vayrongarchiliklar va jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qilgan.
- Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Mariupol yaqinida qodirovchilar va mahalliy «komendatura» o‘rtasida otishma chiqishi oqibatida o‘ndan ortiq kishi halok bo‘lgan. Shaharning Ukraina tomonidan tayinlangan meri maslahatchisi Petro Andryushchenkoning ma’lum qilishicha, «versiyalardan biriga ko‘ra, qodirovchilar mast bo‘lib qolib, fuqarolar va harbiylarga qarata o‘t ochgan».
Odessaga dronlarning tungi hujumi
14 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Odessani qanotli raketalar va kamikadze dronlar bilan o‘qqa tutdi. Ukrainaning «Janub» operativ qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, uchirilgan 15 dron va sakkiz raketaning barchasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Parchalar ko‘p kvartirali uy, yettita o‘quv muassasasi binosi, avtomobillar, dorixona va yotoqxona, shuningdek supermarketga zarar yetkazgan — bu yerda tinch aholi vakillari bo‘lgan uch kishi yaralangan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak rossiyalik harbiylarni «aqldan ozgan terrorchilar» deb atagan. RF mudofaa vazirligi Odessa o‘qqa tutilishi yuzasidan izoh bermagan.
Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari
Donetsklik ayol halok bo‘lgan o‘g‘lining vayronaga aylangan uyida
Dnipro ustida yulduz uchishi
Mavzuga oid
02:02
Ukraina Rossiyaning Harbiy-dengiz floti kemalari Qora dengizni tark etganini ma’lum qildi
21:02 / 09.01.2025
«Ramshtayn»da Ukrainani 2027 yilgacha qo‘llab-quvvatlash rejalari kelishib olindi
16:16 / 09.01.2025
Kanada, Daniya va Panamadagilar Trampning hududiy da’volari bo‘yicha qanday fikrda?
20:29 / 08.01.2025