Jamiyat | 15:35 / 14.08.2023
42027
1 daqiqa o‘qiladi

Onasi xorijda vafot etgan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

9 yoshli qizning onasi Rossiyada baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Onasi vafot etgach Rossiyada yolg‘iz qolib ketgan 9 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

«Xorazmlik ayol voyaga yetmagan farzandi bilan joriy yilning iyun oyida ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasiga boradi. Ona qishloq xo‘jaligi sohasida noqonuniy ishlash jarayonida ehtiyotsizligi va baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi.

Marhum jasadi uning qarindoshlari tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan, ammo hujjatlardagi muammo sabab farzandi Rossiyada qolib ketadi.

Ushbu masalada qarindoshlarining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaati asosida Agentlikning Krasnodardagi vakili hamda Xorazm viloyati filiali hamkorligida vafot etgan fuqaroning 2014 yilda tug‘ilgan farzandi G.B. tog‘asi X.B. hamrohligida Xorazm viloyati Gurlan tumaniga olib kelindi», deyilgan xabarda.

Mavzuga oid