Xerson oblasti o‘qqa tutilishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi
Qishloqlardan birida besh kishidan iborat oila a’zolari halok bo‘lgan, qurbonlardan biri yangi tug‘ilgan chaqaloq edi.
Xerson oblasti 13 avgust kuni o‘qqa tutilishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, qurbonlarning ikki nafari bolalar, shuningdek 13 kishi yaralangan. Oblast ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini regionni kun davomida 83 bor o‘qqa tutib, jami 400 snaryad uchirgan, shundan 23 tasi Xerson shahriga kelib tushgan. 14 avgust kuni regionda qurbonlar xotirasiga motam e’lon qilindi.
Shirokaya Balka qishlog‘ida 13 avgust tongida besh kishidan iborat oila halok bo‘ldi. O‘qqa tutish vaqtida ikki erkak va bir ayol shuningdek tug‘ilganiga 23 kun bo‘lgan chaqaloq halok bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay uning og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan 12 yoshli akasi ham jon bergan.
Qo‘shni Stanislav qishlog‘ida zarbalar oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, mahalliy aholi vakillaridan bo‘lgan yana bir ayol yaralangan. Qurbonlar orasida — xristian cherkovi pastori Nikolay Tachishvili ham bor. Beshta xususiy uy vayron bo‘lgan va shikastlangan.
«Suspilne» telekanaliga ko‘ra, Xerson oblastida 13 avgust kuni quyidagi aholi yashash manzillari ham zarbaga uchragan:
Veletenske — 28 yoshli yigit og‘ir yaralangan;
Kamishani — 49 yoshli kishi va 51 yoshli ayol yaralangan;
Zolotaya Balka — 61 yoshli ayol yaralangan;
Xerson — uch kishi yaralangan, ularning ikki nafari og‘ir ahvolda;
Novokairi — 61 yoshli kishi yaralangan;
Belozerka — ikki kishi yaralangan;
Odradokamenka — aviazarba oqibatida bir necha uy vayron bo‘lgan.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon, Ukraina prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 500 dan ortiq bola halok bo‘lgan. 14 avgust tongidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada urush qurboni bo‘lgan bolalar soni 502 nafarga yetgan. Ukraina bosh prokurori ofisidagilar bu yakuniy ma’lumotlar emasligini qayd etgan.
Mavzuga oid
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
21:15 / 25.12.2024
Ukraina bo‘ylab bayram kechasi yopirilma zarbalar yo‘llandi
16:21 / 25.12.2024
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
11:00 / 25.12.2024