Ukraina bo‘ylab zarbalar va Liman yaqinidagi janglar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 538-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiyalik harbiylar Ukraina hududi bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Lvivda turar joy binolari va bolalar bog‘chasi zarbaga uchragan. Lviv oblasti bo‘yicha jami 19 kishi jarohat olgan.
- NATO bosh kotibi ofisi rahbari Stian Yyenssen urushni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan «ehtimoliy yechimlardan biri»ni aytdi: Ukraina o‘z hududlarining bir qismidan voz kechadi va alyansga a’zo bo‘lib kiradi. Ukraina prezidenti ofisidagilar bu taklifni «juda g‘alati» deb atadi. Ukraina TIV esa bunday taklifni «mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligi»ni bildirdi.
- Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz «ukrainlarning diversiya guruhi» Rossiya hududiga kirib kelishga uringani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina QK zarbalari vaqtida qishloq xo‘jaligi korxonasi ishchisi jarohat olgan.
- BMT hisoblariga ko‘ra, Ukrainada avgust oyining birinchi yarmida tinch aholi vakillaridan 48 kishi halok bo‘lgan, yana 210 kishi yaralangan.
Lviv bo‘ylab zarba
15 avgust tongida Rossiya qo‘shini Lvivni o‘qqa tutdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, 20 ga yaqin uy va taxminan yuzta kvartira shikastlangan. Raketalardan biri bolalar bog‘chasi hududiga kelib tushgan, shuningdek portlash to‘lqini tibbiyot kolleji derazalarini to‘kib yuborgan. Hujum vaqtida tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi yaralangan, hech kim halok bo‘lmagan.
Ukraina nashrlari Lvivga 15 avgust kuni yo‘llangan zarbalarni urush boshidan buyon Ukraina g‘arbiga qilingan eng keng ko‘lamli zarbalar deb baholagan.
Liman yaqinidagi ukrain harbiylari
Kramatorsk bo‘ylab zarba
15 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kramatorsk bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Otishma vaqtida oziq-ovqat ombori yonib ketgan — yuk tashuvchi ikki ishchi xarobalar ostida qolgan, ulardan biri halok bo‘lgan. Shuningdek, korxona omborchisi og‘ir jarohat olgan.
Mavzuga oid
02:02
Ukraina Rossiyaning Harbiy-dengiz floti kemalari Qora dengizni tark etganini ma’lum qildi
21:02 / 09.01.2025
«Ramshtayn»da Ukrainani 2027 yilgacha qo‘llab-quvvatlash rejalari kelishib olindi
16:16 / 09.01.2025
Kanada, Daniya va Panamadagilar Trampning hududiy da’volari bo‘yicha qanday fikrda?
20:29 / 08.01.2025